"HAMROH" Mikromoliya tashkiloti 2016 yil 2 iyunda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tashkil etilgan va Davlat xizmatlari agentligida ro‘yxatdan o‘tgan. "HAMROH" MMT birinchi yillarda faol rivojlanib, biznes jarayonlarini yo‘lga qo‘yish va mijozlar bazasini shakllantirishga harakat qildi. 2016 yilda ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, tashkilot 2018 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati komitetidan № 47 litsenziyasi oldi va 2018 yil 1 mayda faoliyatini boshladi. Jamiyat ta’sischilari O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslardan iborat. «Hamroh Mikromoliya Tashkiloti» mas’uliyati cheklangan Jamiyati 2018 yildan buyon Mikromoliya Institutlari Milliy Assotsiatsiya (NAMI) a’zosidir. «Hamroh Mikromoliya Tashkiloti» mas’uliyati cheklangan Jamiyati 5 yillik faoliyati davomida mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohasida yuqori ko’rsatkichlarga erishdi:
Missiya – tijorat banklaridan moliyalash imkoniyatiga ega bo‘lmagan mijozlarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali qishloq joylarida moliyaviy inklyuzivlikni oshirishdan iborat
Mikromoliya tashkiloti kelajak tasavvuri – O‘zbekiston Respublikasining bozor ulushi kamida 10 % bo‘lgan TOP-3 mikromoliyaviy tashkilotlar qatoridan mustahkam o‘rin olgan, ilg‘or tajriba va ekspertizaga ega yirik mikromoliyaviy tashkilot
Bizning qadriyatlar:
Litsenziya: Yuklab olish
Moliyaviy hisobot 2020: Yuklab olish
Moliyaviy hisobot 2021: Yuklab olish
Moliyaviy hisobot 2022: Yuklab olish
Moliyaviy hisobot 2023: Yuklab olish